Telegram ekstremistik materiallar tarqatishda gumon qilinmoqda

Obuna bo‘lish
Telegramda eksremistik materiallar tarqatish, terrorchilikka da’vat qilish, diversiya qilish va portlovchi moslamalar yasash yo‘riqnomalari to‘siqsiz paydo bo‘lmoqda, messenjer rahbariyati esa buni oldini olishga to‘siqlik qilmoqda.

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya Aloqa va OAV ohasida nazorat xizmati (Roskomnadzor) Bosh prokuraturadan Telegram messenjerini terrorchi tashkilotlarning targ‘ibot kanallarini tarqatganligini tekshirishni so‘radi, RIA Novosti “Izvestiya” gazetasi xabari asosida.

Bosh prokuraturaga ushbu murojaatnoma bilan Demokratiya muammolarini o‘rganish fondi rahbari, Dinlar va millatlararo munosobatlarni uyg‘unlashtirish Ijtimoiy palata raisi o‘rinbosari Maksim Grigoryev murojaat qildi.

“Bizning fond Telegram messenjerida bir necha bor terrorchilar telekanalini aniqlagan edi. Ushbu kanallarda nafaqat terrorchilik targ‘ib  qilinmoqda, ularda yana portlovchi uskunalar yasash uchun va diversiya olib borish uchun qo‘llanmalar tarqatilmoqda”, — dedi Grigoryev.

“MediaGvardiya ” loyihasi rahbari Kirill Grinchenko ham Rossiya Aloqa va OAV ohasida nazorat xizmatiga shunga o‘xshash so‘rovnoma yubordi. Uning so‘zlariga qaraganda oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 200 ga yaqin terrorchilik harakatini targ‘ib qiluvchi  kanallar paydo bo‘lgan.

Rosssiya Davlat dumasi Telegram dasturini ta’qiqlashni so‘ramoqda

Davlat Dumasining Konstitutsiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Aleksandr Ageyev Rossiya Federax Xavfsizlik xizmati Aleksandr Bortnikovdan rossiyalik foydalanuvchilar uchun  Telegram messenjeriga kirishni cheklash haqida so‘ragandi. Bunga sabab “Islom davlati” terrorchilari ushbu messenjerdan targ‘ibot maqsadida foydalanayotgani bo‘lgan.

Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov aytishiga qaraganda, ular noyabr oyidan beri ID terrorchilarining 660  kanalini to‘sib qo‘ygan.

Yangiliklar lentasi
0