Rosssiya Davlat dumasi Telegram dasturini ta’qiqlashni so‘ramoqda

Obuna bo‘lish
Deputatlar aytishiga qaraganda, 13-noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan teraktlar chog‘ida terrorchilar ushbu dasturdan foydalanishgan.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi FXX rahbari Aleksandr Bortnikovdan Telegram dasturiga rossiyalik foydalanuvchilar uchun cheklov qo‘yishni so‘rab murojaat qildi. “Islom davlati” terrorchilari ushbu dasturdan foydalanganligi isbotlansa, ushbu talab amalga oshishi mumkin, deyilgan RIA Novosti xabarida.

“Rossiya OAVlarida qayta-qayta paydo bo‘layotgan ma’lumotlarga qaraganda,  Telegram messendjeri “Islom davlati”ni targ‘ib qilish maqsadida faol ishlatilmoqda”, — deyilgan ushbu xabarda.

Davlat dumasida xabar berishlariga ko‘ra,  ushbu tarmoq orqali eksremistik ma’noga ega bo‘lgan matn, foto va video materiallar tarqatilmoqda.

“Fikrimizga ko‘ra, u yerda Rossiya fuqarolari ID safiga yollanishga undalmoqda”, — deyilgan xabarda.

Deputatlar dalil sifatida,  Telegram dasturini 13-noyabrda Parijda terrorchilar tomonidan o‘z hatti-harakatlarini muvofiqlashtirishda ishlatilganligi aytilmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu messenjerda uzatilayotgan ma’lumot, avtomatik ravishda hmoyalanadi va xabarlar bir necha shifrlash darajasidan o‘tadi.

Xabarda aytilishiga qaraganda, Rossiyada, ekstremizmga qarshi qonunlarga amal qiladigan, boshqa juda ko‘p ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlar bor.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni kechqurun Parijda bir necha qonli teraktlar bo‘lib o‘tdi. Otishma va portlashlar oqibatida 132 kishi qurbon bo‘ldi, 300ga yaqin kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0