Tel-Abyad uchun jangda 40dan ortiq qurd jangchilari halok bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriya. Aleppo shahri
Suriya. Aleppo shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tkazilgan operatsiya davomida qurd jangchilari tomonidan 140 nafar “Islom davlati” terrorchilari yo‘q qilindi.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Turkiya chegarasi yaqinidagi Tel-Abyad shahri uchun “Islom davlati” terrorchilari bilan bo‘lib o‘tgan jangda 43 nafar qurd jangchilari halok bo‘ldi, deb xabar qiladi RIA Novosti agentligi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Barak Obama. - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadagi urush: Putin va Obama qanday qarorga kelishdi

Bundan sal oldin “Suriya demokratik kqchlari” qurollangan guruhlar alyansi vakili Talyal Salu yakshanbaga o‘tar kechasi qurd ko‘ngilli jangchilari “ID” terrorchilaridan Tel-Abyad shahrini tortib olishga muvaffaq bo‘lishgani haqida xabar qilgan edi.

Qurdlar vakili Redur Xelil xabariga ko‘ra, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi amalga oshirilgan operatsiya davomida ko‘ngilli jangchilar tomonidan 140 nafar jangari yo‘q qilingan. To‘qnashuv davomida 23 nafar tinch aholi hayotdan ko‘z yumgan.

AQSh va Rossiya kelishuviga muvofiq, Suriyada 27-fevraldan boshlab “tinchlik sulhi” kuchga kirgan. Ammo, “Tinchlik kelishuvi” “Islom davlati” va “Jabhat an-Nusra” singari, BMT tomonidan terrorchilik uyushmasi deb tan olingan uyushmalarga joriy etilmasligi alohida ta’kidlab o‘tilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0