Hindiston va Pokiston ShHTga a’zo bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© SputnikShHT emblemasi
ShHT emblemasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston va Pokiston majburiyatlari haqida memorandumlar Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida imzolanishi ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. 2016-yilning 1-mart kuni Pekin shahrida Shanhay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov XXRdagi Hindiston Republikasi Elchisi Vidjay Goxale va Pokiston Islom Respublikasi Elchisi Masud Xalid bilan uchrashdi.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Xakimov. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya ShHT va YeII iqtisod va savdo vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuvini o‘tkazmoqchi

O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar berishicha, ShHTga a’zo davlatlarning Ufa shahridagi (Rossiya) Davlat rahbarlari kengashi qarorini amalga oshirish doirasida diplomatik missiyalar boshliqlariga ShHTga a’zo davlat maqomini olish borasidagi Hindiston va Pokiston majburiyatlari haqidagi Memorandumlar loyihalari topshirildi.
Bundan tashqari, bo‘lajak Toshkent sammitida mazkur Memorandumlarning imzolanishi davlat rahbarlari uchrashuvining muhim amaliy yakunlaridan biri va bu yil 15-yilligini nishonlayotgan ShHTning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda ShHTga a’zo davlatlarning ShHT Kotibiyatidagi doimiy vakillari ham ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0