TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo-mamlakatlar iqtisod va savdo vazirlarining navbatdan tashqari uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, deb xabar qildi Rossiya prezidentining ShHT ishlari bo‘yicha maxsus vakili Baxtiyor Hakimov.
Xakimov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi – Shanxay Hamkorlik tashkiloti-Janubi-Sharqiy davlatlar assotsiatsiyasi chizig‘i bo‘yicha konsultatsiyalar mexanizmini ishga tushirish tashabbusi haqida ham eslatib o‘tdi.
"Ushbu uchrashuv kun tartibidagi mavzu bo‘lib turibdi. Umumittifoq iqtisodiy hududni yaratish g‘oyasini amalga oshirish borasida, Rossiya Iqtisodiy rivojlani vazirligi ShHTga a’zo mamlakatlar Iqtisodiyot vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Uchrashuv o‘tkaziladimi bilmadim, nima bo‘lgan taqdirda ham ushbu mavzu kun tartibida turibdi", — deb ta’kidladi Hakimov.
Bundan tashqari, Moskva ShHTga a’zo-mamlakatlar va kuzatuvchi davlatlarga “Ikkinchi trek. Fuqarolar jamiyati va jamoatchilik diplomatiyasining ShHT rivojlanishi va kengaytirilishida tutgan o‘rni” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro forumga taklifnomalarni yo‘lladi.
"Biz ShHTga a’zo-mamlakatlar vakillari bilan bir qatorda, ushbu tashkilotga qo‘shilishga nomzod(kuzatuvchi mamlakatlar) mamlakat vakillarini ham taklif etish g‘oyasini bajonidil qabul qildik. Taklifnomalar va dastlabki ma’lumotlar barcha elchixonalarga yuborildi… Taklifga nisbatan mamlakatlar asta-sekin o‘z javoblarini yo‘llamoqdalar”, — ta’kidladi Hakimov.
Tadbir Moskva yoki Sochida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
Hakimov, joriy yilda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti haqida gapirar ekan, uchrashuvda Hindistonning ShHTga a’zo bo‘lishi haqida memorandum imzolanishi haqida aytib o‘tdi.
“Bu haqda ko‘p bor ta’kidlaganmiz, ShHTga a’zo bo‘lish – bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayon. Avvaliga tashkilotga qo‘shilish qarori qabul qilingan edi, endi esa Hindistonning majburiyatlari borasida hujjat imzolanadi. Memorandum Toshkentda imzolanadi. Har xolda biz hozir buning ustida ishlayapmiz”, — ta’kidladi Hakimov.
ShHTga a’zo mamlakatlar — bu Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belorussiya, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston esa kuzatuvchi davlatlar maqomiga ega. 2015-yil iyul oyida ShHTga Hindiston va Pokistonni qo‘shish jarayoni ishga tushirilgan.
Bu yil ShHTga raislik qilish vakolati O‘zbekistonga o‘tdi. ShHT sammiti 2016-yil 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.