“Telba Maks” filmi oltita “Oskar”ga sazovor bo‘ldi. Marosimning haqiqiy “kutilmagan sovg‘asi” bu “Diqqat markazida” filmi yilning eng yaxshi filmi deb topilganiga. Chunki Juda katta shov shuvlarga sabab bo‘lgan, eng yaxshi rejisser nominatsiyasi bo‘yicha Oskar mukofotini olgan film “Telba Maks” bir tomonda qolib hech kim kutmagan filmning “Yilning eng yaxshi filmi” deb topilishi hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Oxirgi paytlarda shunday holatlar, afsuski, Oskar uchun odatiy bo‘lib qolmoqda.
Kinokritiklar aytishiga qaraganda, “Diqqat markazida” 1952-yildan beri “Yilning eng yaxshi filmi” nomiga sazovor bo‘lib, qolgan asosiy nominatsiyalarda biirorta ham mukofot olmagan birinchi film bo‘ldi. Kino akademiyasining ushbu film “produserlar gildiyasining tanlovi bo‘yicha” tanlangan degan tushuntiruvi ham yetarlicha asos bo‘la olmaydi.
“Tirik qolgan” filmi uchta nominatsiyada Oskarga sazovor bo‘ldi: eng yaxshi rejissura, eng yaxshi operator va eng yaxshi erkak roli uchun.
Yosh va yorqin aktrisa Bri Larson “Xona” filmidagi yosh ona roli uchun “eng yaxshi ayol roli” nominitsiyasi bo‘yicha Oskar mukofotini oldi.
Ikki yildan beri Oskar faqat oq tanli akterlarga berilayotgani munosobati bilan, boshqa irq va etnik guruhlarga mansub aktorlar o‘z noroziligini bildirishgan edi. Uill Smit va boshqa bir necha taniqli akter va rejisserlar Oskar mukofoti taqdimoti marosimiga qatnashmasliklarini e’lon qilishdi. Ushbu mavzuda Barak Obama ham o‘z fikrini bildirdi.
Oskar tanlash marosimi “atrofida” paydo bo‘lgan ushbu “gina-gudrat”larni hisobga olib, amerika kino akademiyasi kecha boshlovchisi lavozimiga qora tanli suxandon Kris Rokkni taklif qilishdi. Kris Rokk Oskor taqdimoti kechasini “qora tanlilar hayoti ham ahamiyatga ega” degan so‘zlar bilan yakunladi.