Obama: AQShning kuchi bu - turli irq va millat vakillariga baravar imkoniyat yaratib berishda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti Barak Obama
AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidentining fikriga ko‘ra, har qanday sohaning, jumladan kinoning ham birinchi maqsadi – har bir kishiga o‘z qobiliyatlarini namoyish qilish uchun imkoniyat yaratib berish. Shunday ekan, hammada bir xil imkoniyat bo‘lganmi yo bo‘lmaganligini aniqlash kerak.

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Qora tanli aktorlarning 2016-yilgi Oskar taqdimoti marosimiga qatnashmaslik haqidagi chaqiriqlari, Barak Obamani befarq qoldirmadi. AQShning birinchi qora tanli prezidenti, qora tanli aktorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab quvvatlash o‘rniga, Golivudni biroz tanqid qilib, barchaga irq va etnik guruhlarga bir xil imkoniyat berishga chaqirdi.

OSKAR 2016 mukofoti - Sputnik O‘zbekiston
Faqat oq tanli akterlardan tashkil topgan “Oskar” nomzodlari ro‘yxati qayta ko‘rib chiqiladi

“Mening fikrimcha Kaliforniya – bu mamlakatimizning aql bovar qilmaydigan xilma-xilligining yaqqol misoli. Bizning kuch mana shunda. Agar har bir kishiga uchun o‘z hikoyasini aytib berishga imkon yaratilsa, kino san’at bundan faqat yutadi”, dedi mamlakat rahbari. Bunday qarashdan har bir fuqaro “o‘zini amerika oilasi farzandi” deb his qiladi.  

“Kino sanoati, talantlarni izlashda — barchaga imkon berishi kerak. Mening fikrimcha, Oskar atrofidagi shov-shuv, aslida bizga boshqa muammoni ko‘rsatmoqda: biz barcha uchun bir xil imkoniyat yarata oldikmikan?”, — deb so‘zini yakunladi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda “Oskar” mukofotining asosiy nominatsiyalardan birortasiga ham etnik va irqiy kamchilik vakillari nomzod qilinmagan. Bunday millatchilik taniqli kino arboblari tomonidan kuchli tanqid va boykot sababiga aylandi.  Kino akademiyasi, o‘z navbatida, hay’at a’zolari  safiga o‘zgarishlar kiritishi va 2020-yilga qadar ayollar va irqiy ozchiliklar vakillari sonini ko‘paytirishga va’da berdi.

Quyidagi Twitter sahifasida oxirgi 2-yil davomida Oskar mukofoti olgan barcha aktorlar surati keltirilgan. Haqiqatdan ham ularning bari oq tanli aktor va aktrisalar. Ushbu muammo Twitterda #OscarsSoWhite xeshtegi ostida jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0