Afg‘onistonda ikkinchi portlash yuz berdi, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi

© AP/ str/Haider ShahTolibon harakati vakillari
Tolibon harakati vakillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu galgi portlash Qobuldagi politsiya mahkamasi qarshisida yuz berdi. Afg‘oniston xavfsizlik xizmati ta’kidiga qaraganda, ushbu terakt Mudofaa vazirligi xodimlarini yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilgan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Kun davomida ro‘y bergan ikkinchi portlash tufayli 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Afg‘oniston. - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistondagi portlash oqibatida 40 kishi jabr ko‘rdi

“Portlash politsiya mahkamasi qarshisida yuz berdi. Terrorchilar bu safar mamlakat mudofaa vazirligi xodimlari joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi”, — deb ta’kidladi Afg‘oniston Xavfsizlik xizmati xodimi.
Khaama axborot agentligi xabariga ko‘ra, terakt shohid-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.
Regionda mavjud terrorchilik uyushmalarining birortasi ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.
Afg‘oniston sharqida joylashgan Kunar viloyatida bundan bir oz oldin terakt amalga oshirilgan edi. Portlash oqibatida 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 40 kishi jarohatlandi.

Yangiliklar lentasi
0