Afg‘onistondagi portlash oqibatida 40 kishi jabr ko‘rdi

© Sputnik / A. Solomonov / Mediabankka o‘tishAfg‘oniston.
Afg‘oniston. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portlash Kunar viloyati, Asadobod shahrida yuz berdi. OAV xabariga ko‘ra, terakt kamikadze-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Afg‘onistonning Kunar viloyati, Asadobod shahrida yuz bergan portlash shohid terrorchi tomonidan gubernator uyi oldida amalga oshirilgani ta’kidlanmoqda. Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 11 nafarni tashkil etadi, RIA Novosti xabari asosida.

Portlash oqibatida jabr ko‘rganlar soni 40taga yetgani xabar qilinmoqda.

Bundan sal oldin, terakt oqibatida 10 kishi vafot etgan, 15 kishi jarohat olgan, deya xabar qilingan edi.

Portlash viloyat gubernatori uyi oldida sodir etilgani ta’kidlanmoqda.

Afg‘onistondagi ahvol so‘nggi oylarda ancha keskinlashgan. Mamlakatning chekka qishloqlarini egallab olgan Tolibon harakati, endilikda yirik shaharlarga hujumga o‘tgan. Shuningdek, mamlakat hududida, “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi ta’siri ham ancha oshgan.

Yangiliklar lentasi
0