Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati Tibbiyot Akademiyasi rahbari o‘limiga oydinlik kiritdi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi.(QDMXQ)
Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi.(QDMXQ) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi apparati rahbari tanasida kaltak izlari borligi ma’lum bo‘ldi. Akademiyada bu ta’kidga hech kim izoh bermayapti. Oliygoh rahbari o‘limi yuzasidan jinoiy ish hozircha qo‘zg‘atilgani yo‘q.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik.  So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi apparati rahbari Abdukarim Gaparov tanasida kaltak izlari borligi aniqlangan, deya xabar qiladi Sputnik Qirg‘iziston, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati matbuot-kotibi Abibulla Pozilovdan olingan ma’lumotlar asosida.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati qo‘mitasi bundan bir necha kun oldin 30 ming som(taxminan 400 AQSh dollari) pora olganlikda gumon qilingan oliygoh rahbari tintuv vaqtida vafot etgani haqida xabar qilgan edi.

"2016-yil 25-fevral kuni o‘tkazilgan tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida G.A. 30 ming som pora olayotgan vaqtda, ish kabinetida davlat ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Tintuv ishlari davomida uning sog‘lig‘i bexosdan yomonlashgan va u hushdan ketgan. G.A.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan”, — deyilgan edi xabarda.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati matbuot-kotibi Pozilovning so‘zlariga qaraganda, rahbar kabinetiga avval bir necha kishi kirib kelgan. Akademiya xodimlarini ichkariga kiritishmagan.

"Xodimlarimizning aytishicha, kabinetdan baqir-chaqir, so‘kinishlar eshitilgan. Hech kimni ichkariga kiritishmagan. Akademiyadagi domlalar o‘sha kishilarni Gaparovning yuragi xastaligi haqida ogohlantirgan. Gaparov vafot etgach esa, hamma avvaliga hayron qolgan, keyin esa tez yordam” chaqirishga tushgan. Xuddi shu vaqtda bizning xodimlarimiz Gaparovningg tanasi va qo‘llaridagi ko‘kargan joylarni, hamda yirtilgan poyabzalini kameraga tushirishga muvaffaq bo‘lgan”, — deb hikoya qiladi Pozilov.

Milliy xavfsizlik matbuot-xizmati taqdim etgan suratlarda bir kursining oyog‘i sindirilganini, kabinet devorlarida oyoq izlari borligini, atrofda esa hujjatlar sochilib yotganini ko‘rish mumkin.
Hozircha Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik matbuot-xizmati hodisa yuzasidan izoh bermayapti. Hamma ekspertiza xulosalarini kutmoqda.
Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati ham ekspertiza xulosalarini kutayotganini ma’lum qildi. Ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0