ShHT a’zolarining 2016-yilgi hamkorlik dasturi tasdiqlandi

© Ofitsialniy sayt ShOSShHT Milliy koordinatorlar uchrashuvi
ShHT Milliy koordinatorlar uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pekinda 2-5 fevral kuni ShHT davlatlari milliy koordinatorlari 2016-yilda hamkorlik dasturini imzolashdi.

 

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. ShHTga a’zo davlatlar Tashqi Ishlar vazirliklarining 2016-yil hamkorlik dasturi Pekinda tasdiqlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

ShHT a’zolari bu Rossiya, Xitoy, Qozig‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. O‘tgan yili Rossiyaning Ufa shahrida o‘tkazilgan sammitda ShHTga rahbarlik qilish navbati O‘zbekistonga o‘tdi.

Pekindagi uchrashuv chog‘ida, 2016-yilda, a’zo mamlakatlar prezidentlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan ShHTning asosiy sammitiga tayorgarlik masalalari kelishib olindi. ShHT 2016-yillik sammiti 23-24 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda “Ufadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, hamda ShHTni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyilgan O‘zbekiston TIV xabarida.

Uchrashuvda ShHT bosh kotibi Rashid Alimov va ShHT Regional Antiterror tuzilmasi direktori Yevgeniy Sisoyevlar qatnashdi.  

 

Yangiliklar lentasi
0