AQSh Milliy razvedkasi: Rossiya va Xitoy bizning bosh dushmanimiz

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishRossiya Havo Kosmik Kuchlari Suriyadagi "ID"ning neftni qayta ishlash zavodiga aviazarba bermoqda
Rossiya Havo Kosmik Kuchlari Suriyadagi IDning neftni qayta ishlash zavodiga aviazarba bermoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlatning kosmik sohada erishayotgan yutuqlari AQSh hukumatiga tinchlik bermayapti. Amerikaliklarni, ayniqsa, Rossiyaning xalqaro sahnada o‘z ta’sirini kuchaytirayotgani juda tashvishlantirmoqda.

TOShKENT, 26 fev — Sputnik.  AQSh Milliy razvedkasi rahbari Jeyms Klepper mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan davlatlar nomini oshkor qildi.

Rossiya Suriyaga olib kirgan S-400 Zenit raketa kompleksi. - Sputnik O‘zbekiston
Independent: Rossiya G‘arbga o‘z harbiy texnikasi “zanglab qolmagan"ini ko‘rsatib qo‘ydi

"Rossiya va Xitoy AQSh uchun katta xavf tug‘dirmoqda", — dedi u AQSh kongress vakillari palatasida so‘zlagan ma’ruzasi davomida.

Klepper, bu ikki davlat “kibersistemalari jadallik bilan rivojlanayotgani”ga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, u "Rossiya o‘z qurolli kuchlarini zamonaviylashtirishda davom etayotgani” haqida gapirdi. “Ammo bu ham hammasi emas, Rossiya xalqaro sahnada o‘z mavqeyini tobora mustahkamlab borapti”, — qo‘shimcha qildi Klepper.

AQSh Milliy razvedka xizmati rahbarining so‘zlariga qaraganda, Rossiya va Xitoy shu kechayu-kunduzda kosmik sohada o‘z imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga “boshi bilan sho‘ng‘ib ketgan”.

"Rossiya va Xitoy kosmosdagi o‘z imkoniyatlarini agressivlik bilan rivojlantirishmoqda”, — dedi u va “bu holat Pentagon hamda AQSh razvedka uyushmasini jiddiy tashvishlantirayotganini” ta’kidladi.
Klepperning fikriga qaraganda, AQSh bundan buyog‘iga “mamlakat mudofaasi yo‘nalishida” yanada jadallik bilan harakat qilmog‘i shart.

Yangiliklar lentasi
0