TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Minskda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belorussiya yetakchisi Aleksandr Lukashenko ishtirokida Rossiya va Belorussiya Ittifoq davlati Oliy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Rossiya Federatsiyasi va Belorussiya iqtisodiyoti chetdan bo‘layotgan tahdidlar ta’siriga tushib qolmoqda. Shu bois, bu ikki davlat turli sohalarda hamkorlikni yanada kuchaytirishi lozim”, — dedi Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Ittifoq davlati Oliy kengashi yig‘ilishi davomida.
Ittifoq davlati Oliy kengashi yig‘ilishi davomida, ikki davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va regional xavfsizlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratdilar.
Aleksandr Lukashenkoning ta’kidiga qaraganda, yig‘ilish davomida Belorussiya va Rossiya rahbarlari o‘z qo‘shinlarini regionlar bo‘yicha taqsimlash planini ham belgilab olishgan.
"Biz xalqaro va regional xavfsizlik masalalariga ham e’tibor qaratdik. Bundan tashqari, Belorussiya va Rossiya qo‘shinlarining regionlardagi harakati borasida aniq rejalarni ishlab chiqdik. Ular zamonaviy standartlarga to‘liq mos keladi”, — dedi Lukashenko.
"Rossiya va Belorussiya Ittifoq davlati Oliy kengashi yig‘ilishi davomida mudofaa qurilishlariga alohida e’tibor qaratiladi", — deb ta’kidladi Aleksandr Lukashenko.
"Yechimi topilmayotgan harbiy-siyosiy inqirozlar, bir qator davlatlarning dushmanlik siyosatiga qaytishlari, siyosiy bosim o‘tkazish maqsadida sanksiyalardan o‘rinli-o‘rinsiz foydalanish holatlari bizni tayyor jangovor holatda turishga majbur qilmoqda”, — dedi Lukashenko.
Shu bois, u, bu yilgi Oliy kengash davomida mudofaa qurilishlari masalalariga jiddiy e’tibor qaratilishi haqida ta’kidladi. Va Belorussiya va Rossiya Ittifoq davlat budjetini tasdiqdan o‘tkazishgani haqida ham ma’lumot berdi. Ittifoq davlatining bu yilgi budjeti 6 milliar rubldan oshishi ma’lum bo‘ldi.
Lukashenko, shuningdek, dunyoning yetakchi davlatlari va qo‘shni-mamlakatlar Belorussiya va Rossiyaning tashqi siyosatdagi faolligi hamda harbiy sohadagi hamkorligini diqqat bilan kuzatib borishayotgani haqida ham gapirib o‘tdi.