TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida salomlashish vaqti Rossiya rahbari Vladimir Putinga Dmitriy Anatolyevich, deb murojaat qildi. Ammo o‘z xatosini darhol payqadi va to‘g‘riladi.
Vladimir Putin esa Aleksandr Lukashenko bejizga adashmaganini aytib: “Axir pullar o‘sha yoqda” — Dmitriy Anatolyevich Medvedev boshchiligidagi hukumatda”, — dedi hazil tariqasida.
Eslatib o‘tamiz, Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Ittifoq davlati” Oliy kengashi yig‘ilishida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belorussiya rahbari Aleksandr Lukashenko ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalalarini ko‘rib chiqdilar. Yig‘ilish so‘ngida, ayniqsa chetdan bo‘layotgan tahdidlarga qarshi mudofaa qurilishiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi alohida ta’kidlandi.