TOShKENT, 3 fev – Sputnik. "O‘tgan yili Tojikiston O‘zbekiston va Qozog‘iston oldidagi 20,2 million dollar qarzini butunlay uzdi”, — deb xabar qildi mamlakat Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshed Karimzoda, RIA Novosti xabari asosida.
Karimzodaning ta’kidlashicha, o‘tgan yil boshida qarzdorlik miqdori O‘zbekiston oldida 8 million dollarni, Qozog‘iston oldida esa 12.2 million dollarni tashkil qilgan.
"2016 yil boshida Tojikistonning umumiy tashqi qarzi 2,18 milliard dollarni tashkil qildi. Bu YaIMning 27,8% demakdir", — dedi Tojikiston Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshed Karimzoda.
Bugungi kunda Tojikistonning asosiy kreditori Xitoy bo‘lib qolmoqda. Tojikistonning Xitoy oldidagi qarzi 950 million dollarni tashkil qiladi.