TOShKENT, 25 fev — Sputnik. 26-fevral kuni Saudiya Arabistonining to‘rtta F-15E Strike Eagle qiruvchi-bombardimonchisi Turkiya janubidagi “Injirlik” aviabazasiga kirib keladi, deb xabar qiladi RIA Novosti CNN Turk telekanalidan olingan manba asosida.
Bundan sal oldin Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chovusho‘g‘li “Islom davlati”ga qarshi operatsiyalarda Saudiya Arabistoniga tegishli harbiy samolyotlar ham ishtirok etishi haqida xabar qilgan edi. Bombardimonchi samolyotlar Turkiyaga payshanba yoki juma kuni yetkazib kelinishi kutilayotgandi. Ma’lumotlarga qaraganda, samolyotlarga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar Saudiya Arabistonidan Turkiyaga allaqachon yetib kelishgan.
Ayni vaqtda "Injirlik" bazasida AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Qatar samolyotlari mavjud. Qiruvchi-bombardimonchilar AQSh boshchiligidagi koalitsiya tomonidan amalga oshiriladigan harbiy havo operatsiyalarda ishtirok etadi.