TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Rossiya AQSh bilen kelishilgan shartnomalarni BMT Xavfsizlik Kengashida tasdiqlab olish istagini bildirdi, dedi TIV Yaqin Sharq va Afrika bulimi boshlig‘i Mixail Bogdanov.
Suriyada 27-fevraldan boshlab, AQSh va Rossiya tomonidan e’lon qilingan ikki haftalik tinchlik shartnomasiga kuchga kiradi. Unga ko‘ra hukumat qo‘shinlari va qurollangan muxolifat guruhlari orasida tinchlik rejimi o‘rnatiladi. “Islom Davlati”, "Jebhat an-Nusra" kabi boshqa terrorchi guruhlarga hujumlar davom etadi.
“26 fevral tushgacha suriyada barcha jang qilayotgan tomonlar Rossiya va AQShga o‘zining jangovor harakatlarini to‘xtatgani haqida xabar berishi kerak. Rossiya va AQSh xaritada ushbu guruhlar harakat qilayotgan hududlarni aniqlaydi va ularga qarshi jangovor operatsiyalar olib borilmaydi”, — dedi Bogdanov.
“Hozir barcha s’ay-harakatlarni Rossiya va AQSh tashabusini chin ko‘ngildan amalga oshirishga harakat qaratish kerak. Biz ushbu kelishuvni tez orada BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan tasdiqlash niyatidamiz”, — dedi TIV vakili.
Shu bilan bir vaqtda, Rossiya va AQSh, tinchlik shartnomasiga qo‘shilmagan, Suriyada faoliyat ko‘rsatayotgan terrorchi guruhlarga zarba berishda davom etadi.
Turkiya Bosh vazirining so‘zlariga qaraganda, Anqara Suriyada tinchlik shartnomasiga amal qilishga majbur emas. Axmet Dovuto‘g‘li aytishicha, Suriya tomonidan Turkiyaga tahdid tug‘ilsa, Anqara javoban zarba berishi mumkin.