AQSh senatori: Suriyada tinchlik Rossiya shartlari asosida amalga oshiriladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishSuriya aerodromidagi Rossiya jangovor aviatsiyasi
Suriya aerodromidagi Rossiya jangovor aviatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Suriyada to‘liq muvaffaqiyat qozonganidan keyin o‘t ochishni to‘xtatadi deb o‘ylaydi AQShlik senator.

TOShKENT, 24 fev —Sputnik. Suriyada harbiy harakatlar Moskva qo‘ygan shartlarga asosan to‘xtatiladi, dedi Sputnik agentligiga AQSh Senatining chet el ishlari qo‘mitasi vakili Bob Korker.

Dushanba kuni Rossiya va AQShning Suriya borasida birgalikda qilgan bayonnomasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra Suriyada 27-fevraldana boshlab o‘t ochish to‘xtatiladi. Ushbu shartlar “Islom davlati”, “Jebhat an-Nusra” va boshqa terrorchi deb tan olingan guruhlarga taaluqli emas.

“Mening fikrimcha, Rossiya, Suriyada yetarlicha muvaffaqiyatga erishganidan keyin o‘t ochishni to‘xtatadi”, — dedi Korker.

Uning fikriga ko‘ra AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining “o‘t ochishni to‘xtatish” haqidagi muzokaralarda Rossiyaga ta’sir ko‘rsatadigan hech qanday omili yo‘q. 

 

Yangiliklar lentasi
0