OAV: Turkiya politsiyasi yangi teraktlar haqida ogohlantirdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishTurkiya politsiya xizmati.
Turkiya politsiya xizmati. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqni muhofaza qilish organlari metro va jamoat transportlari bekatlariga kamikadze-terrorchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hujumlar haqida xabardor etildi.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik, Alena Palajchenko. Istanbul politsiyasi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan teraktlar tufayli metro stansiyalari va “Metrobus” tezurar avtobuslari harakatlanadigan bekatlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda, xabar qiladi RIA Novosti Milliyet nashriga tayangan holda.

Anqarada terakt sodir bo‘lgan joy - Sputnik O‘zbekiston
Anqaradagi teraktda 28 kishi qurbon bo‘ldi, 60 kishi jarohatlandi

Istanbul Xavfsizlik boshqarmasi shahar politsiyasi bo‘linmalarini “Bosfor” qo‘ltig‘i ostidan o‘tuvchi “Marmaray” metro stansiyalari bekatlari va “Metrobus” jamoat transportlari yo‘nalishlarida kamikadze-terrorchilar tomonidan portlashlar sodir etilishi yoxud minalashtirilgan avtomobillar ishga tushirilishi haqida ogohlantirdi.
Yo‘lovchilar oqimi haddan ziyod bo‘lgan bekatlar va metro stansiyalari alohida nazorat ostiga olinadigan bo‘ldi.
O‘tgan haftada Anqarada sodir etilgan portlashlardan so‘ng, Istanbulda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. 17-fevral kuni minalashtirilgan avtomobil yordamida Anqara markazida sodir etilgan portlash oqibatida 28 kishi qurbon bo‘ldi, 61 kishi jarohat oldi. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li sodir etilgan teraktda Suriya qurdlarining “Demokratik ittifoqi” partiyasiga aloqador mudofaa kuchlarini aybladi.

“Bu mutlaq noto‘g‘ri. Anqarada bo‘lib o‘tgan voqealarga Qurdlarning hech qanday aloqasi yo‘q. Bo‘lib o‘tgan voqealar Turkiyaning IDga qarshi kurashiga bog‘liq, chunki IDning ko‘plab vakillari Turkiyada yashaydi”, — dedi o‘z navbatida qurdlar yetakchisi Solih Muslim.

Sal kechroq “Qurdiston ozodlik lochinlari” uyushmasi terakt uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.

Yangiliklar lentasi
0