Anqaradagi teraktda 28 kishi qurbon bo‘ldi, 60 kishi jarohatlandi

© REUTERS/Tumay BerkinAnqarada terakt sodir bo‘lgan joy
Anqarada terakt sodir bo‘lgan joy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chorshanba kech Anqarada Bosh shtab binosi yaqinida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlovchi moslama yo‘l chetida to‘xtatib qo‘yilgan avtomobilga o‘rnatilgan bo‘lgan.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Anqara markazida ro‘y bergan portlash oqibatida 28 kishi qurbon bo‘ldi, jarohatlanganlar esa 60 kishidan ziyod, Sputnik Turkiya Turkiya Bosh vazirii o‘rinbosari Numana Qurtulmush xabariga asosan.

Portlash yuz bergan joyda yong‘in bo‘lmoqda, o‘t o‘chiruvchilar va ko‘plab tez yordam mashinalari yetib kelgan. Portlash dastlabki sababi terakt  deb aniqlangan. Voqea yuz bergan joy atrofi o‘rab olingan. Shahar ustida vertoletlar aylanib uchmoqda.

Fojeada 28 kishi qurbon bo‘ldi 61 kishi jarohatlandi. Yaralanganlar hozir Anqaraning turli kasalxonalariga  joylashtirilgan.

“Bu nafaqat bizning harbiylarga, balki butun xalqqa bo‘lgan hujum. Biz teraktni amalga oshirlanlarni topish uchun hamma ishni qilamiz”, — dedi Qurtulmush.

Teraktni kim amalga oshirgani hozircha noma’lum. Yettita prokurorlar tomonidan tergov olib boriladi, deb qo‘shimcha qildi Bosh vazir o‘rinbosari.

Fojea sababli Turkiya Bosh vaziri Axmet Davutoglu Brusselga 18-fevralga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Ayni vaqtda ushbu terakt yuzasidan prezident saroyida Turkiya xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisi bo‘lib o‘tmoqda.  

Anqara markazining Qiziloy dahasida mina o‘rnatilgan avtomobil mahalliy vaqt bilan soat 19:31 da portlatib yuborilgan. Portlash, svetofor qizil chirog‘i yonganda va Bosh shtab harbiylarni tashuvchi avtomobili minalashtirilgan avtomobil yaqinida to‘xtaganda amalga oshirilgan.    

© REUTERS / Ihlas News AgencyVzriv v sentre Ankari
Vzriv v sentre Ankari - Sputnik O‘zbekiston
Vzriv v sentre Ankari

 

Yangiliklar lentasi
0