Rossiya rasmiylarining Erdo‘g‘onga javobi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on yaqinda “ikki uchuvchini deb, Rossiya Turkiyadek do‘stini yo‘qotdi”, deya ta’kidlagan edi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Erdo‘g‘onning so‘zlariga tuzatish kiritish zarurligini aytdi.

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya bilan do‘stlashish haqidagi gapida so‘zlar o‘rnini almashtirish lozimligini aytdi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Rossiya bilan do‘stlik aloqalari tiklanishiga umid bildirdi

Bundan sal oldin Erdo‘g‘on rus xalqini dushman deb hisoblamasligi haqida ta’kidlagan edi. "Rossiya ikki nafar uchuvchini deb, Turkiyadek do‘stidan ayrilgani, achinarli”, — dedi u Su-24 mojarosiga navbatdagi bor izoh berar ekan.

"Endi esa so‘zlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirib chiqamiz: "Rossiya Turkiyani deb ikki nafar uchuvchisidan mahrum bo‘ldi", — deb yozgan Mariya Zaxarova o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0