Erdo‘g‘on Rossiya bilan do‘stlik aloqalari tiklanishiga umid bildirdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishTurkiya prezidenti Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar normal holatga qaytishi albatta ijobiy samara berishiga umid bildirgan Erdo‘g‘on, gap orasida yana Rossiya Turkiya havo chegarasini buzganini ta’na qilib o‘tdi.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik, Alena Palajchenko. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on rus xalqini o‘ziga dushman deb bilmasligini ta’kidlagan holda, Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar qayta tiklanishiga umid bildirdi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Rossiya va AQSh bitimi tufayli “Asadning pichog‘i yog‘ ustida” bo‘ladi

"Biz rus xalqiga dumshan emasmiz. Rossiyadan yiliga to‘rt million sayyohlarni qabul qiladigan mamlakat bunday deb o‘ylashi, mumkin ham emas. Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi yiliga 35 millardga yetgan edi, biz bu raqamni 100 millardga yetkazishni xohlagan edik. Ikki nafar uchuvchini deb, Rossiya Turkiya kabi do‘stini yo‘qotgani, achinarli, albatta. Umid qilamanki, munosabatlarni yaxshilash uchun ko‘rilayotgan choralar ijobiy samara beradi”, — dedi Erdo‘g‘on chorshanba kuni Anqarada mahalliy ma’muriyat vakillari bilan uchrashuv davomida.

"Aytishadiki, agar biz Rossiyaga qarashli samolyotni urib tushirmaganimizda, hozirgi inqiroz holatiga kelib qolmas edik. Nimaga, agar Rossiya bizning havo chegaramizni buzmaganida, shu ahvolga tushmagan bo‘lardik, deb gapirishmaydi?" — dedi prezident.

Erdo‘g‘on, shuningdek, Rossiya uchun Suriya — “olis o‘lkadagi manfaat” bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir paytda, Turkiya uchun bu — “hayot-mamot” masalasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0