TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi, xabar qildi chorshanba kuni Kreml matbuot-xizmati.
“Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.V.Putinning Suriya Arab Respublikasi prezidenti B. Asad bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tdi”, — deyiladi xabar matnida.
Ta’kidlanishicha, Putin va Asad BMT Xavfsizlik kengashi “qora ro‘yhati”ga kiritilgan “Islom davlati”, “Jabhat an-Nusra” va boshqa terrorchilik uyushmalariga qarshi ayovsiz kurash olib borilishi zarurligini belgilab olishgan.