TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Yopiq turda o‘tkazilgan bir necha bosqich muzokaralardan so‘ng, AQSh va Rossiya rasmiylari 2016-yil 27-fevral, Damashq vaqti bilan 00:00dan boshlab, Suriyada jangovor harakatlarni to‘xtatish haqida kelishib oldilar.
Ammo, Rossiya rahbari Vladimir Putinning ta’kidiga ko‘ra, BMT “qora ro‘yhati”ga kiritilgan “Islom Davlati”, “Jabhat an-Nustra” va shu singari boshqa terrorchilik uyushmalari obyetlariga qarshi aviazarbalar berilishi davom etadi.
Putinning so‘zlariga qaraganda, Rossiya va AQSh harbiylari Suriyada ta’qib ostiga olinmaydigan uyushmalar borasida hamjihatlikda kelishib oladilar.
"Rossiya va Amerika harbiylari ana shunday uyushmalar mavjud hududlarni xaritada birgalikda belgilab olishadi. Bunday guruhlarga qarshi SAR harbiy kuchlari, Rossiya Qurolli Kuchlari hamda AQSh boshchiligidagi koalitsiya harbiy operatsiyalarni amalga oshirmaydi. Muholifatchilar, o‘z navbatida, SAR va ularni qo‘llab-quvvatlovchi guruhlarga qarshi jangovor harakatlarni to‘xtatadilar", — dedi u.
Rossiya Davlat departamentida, yaqin kunlarda, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish borasida monitoring mexanizmi yaratilishi ta’kidlanmoqda.