Qurmonbek Boqiyevning samolyoti qanchaga sotildi?

© Sputnik / Valeriy Titiyevskiy / Mediabankka o‘tishBiznes klass samolyoti Beechcraft King Air 350
Biznes klass samolyoti Beechcraft King Air 350 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2008-yil Qurmonbek Boqiyev uchun xarid qilingan samolyot savdosidan tushgan pullarga boshqa samolyot xarid qilinishi ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 24 fev — Sputnik. "Eyr Qirg‘iziston" aviakompaniyasi 2008-yil Qurmonbek Boqiyev uchun xarid qilingan samolyot savdosidan tushgan pullarni, boshqa samolyot xaridi uchun sarflaydi, deb xabar qiladi hukumat raisi Jo‘ldoshbek Bekturganov.

Android One smartfoni. - Sputnik O‘zbekiston
Noutbuk va smartfonlar akkumulyatorlarini samolyotda olib o‘tish ta’qiqlandi

2008-yilda Beechcraft SuperKingAir-350 havo kemasi kim oshdi savdosida o‘sha vaqtdagi prezident – Qurmonbek Boqiyev uchun 6,3 million dollarga xarid qilingan.

Samolyot Transport va kommunikatsiyalar vazirligi balansida bo‘lgan, aprel oyidagi voqealardan keyin “Eyr Qirg‘iziston” davlat kompaniyasiga topshirilgan.

"Havo kemasi 3 million 130 ming dollarga sotildi. Barcha pullar "Eyr Qirg‘iziston" kompaniyasi balansiga yo‘naltiriladi. Samolyot, unda hech kim uchmayotgani tufayli sotuvga qo‘yildi, o‘rniga boshqa samolyot xarid qilinadi", — dedi Bekturganov.

 

Yangiliklar lentasi
0