Noutbuk va smartfonlar akkumulyatorlarini samolyotda olib o‘tish ta’qiqlandi

© GoogleAndroid One smartfoni.
Android One smartfoni. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noutbuk va smartfonlarda ishlatiladigan standart akkumulyatorlar yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga kelingani uchun, ularni samolyotlarda olib o‘tish ta’qiqlandi. Ta’qiq yong‘inga dosh beruvchi upakovka ixtiro qilinmaguniga qadar amal qilishi ta’kidlanmoqda.

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (International Civil Aviation Organization, ICAO) yo‘lovchilarni tashuvchi havo kemalarida, bagaj orasida litiy-ionli akkumulyatorlarni olib o‘tishni ta’qiqladi, deb xabar qiladi Reyter agentligi.

Fotoaaparat, smartfon va boshqa elektronika vositalarida ishlatiladigan akkumulyatorlar yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin, degan xulosaga kelingani bois, ularni samolyot bortiga olib chiqish ta’qiqlandi.

Ushbu qaror 2016-yil 1-aprel sanasidan boshlab kuchga kiradi va “xavfli yuk” uchun yangi, olovga dosh beradigan standart upakovka ishlab chiqilmaguniga qadar amal qiladi.

Ta’qiq ICAOga a’zo 191 ta davlat uchun majburiydir. Shu jumladan, O‘zbekiston va Rossiya uchun ham.

Yangiliklar lentasi
0