TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Fevral oyi boshida Afg‘oniston shimolida toliblar O‘zbekiston hududidan o‘tgan elektr o‘tkazgichlarini ishdan chiqargan edi. Natijada, mamlakat shimoli bir oycha vaqt davomida yorug‘lik nurisiz yashashga mahkum bo‘ldi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
"Qobulga elektr energiyasini yetkazib berish ishlari dushanba kuni qayta tiklandi, hozirda muammo bartaraf etilgan", — deb ta’kidladi elektr energiyasi kompaniyasi vakili Mirveys Alyami.
Bundan tashqari, jangarilar, Afg‘oniston shimolida ham portlashlar sodir etib, Qobul shahrini Tojikistondan import qilinadigan elektr energiyasidan mahrum qilishgan edi.