Rossiya TIV Suriya shimolini “tegmaslikni” so‘rab yalinganlar haqida gapirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim hamkorlarimiz bizdan Suriya-Turkiya chegarasi yaqinida joylashgan, uzunligi 100 kilometrga yaqin koridorni “tegmaslikni” so‘rab, yalinib-yolvorishgan, deb ta’kidladi Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Ayrim hamkorlarimiz bizdan Suriya-Turkiya chegarasidagi 100 kilometrga yaqin yo‘lakni “tegmaslikni” so‘rab iltimos qilishgan edi. Bugun ayon bo‘lishiga qaraganda, bu ish terrorchilik uyushmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan ekan, deb ta’kidladi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Mudofaa vaziri: Turkiya Rossiyaga qarshi informatsion urush ochdi

"Suriya shimolidagi aholi punktlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, aytish joizki, bir qancha uchrashuvlar davomida ayrim hamkorlarimiz Suriya-Turkiya chegarasidagi 100 kilometrga yaqin yo‘lakni “tegmasligimizni” so‘rab, chin ma’noda yalinib-yolvorishgan edi. Endi ayon bo‘lishiga qaraganda, ushbu iltimoslar bejizga qilinmagan ekan. Turkiya davlati bu yo‘lak orqali “Islom davlati”, “Jabhat an-Nusra” va shu kabi boshqa terrorchilik uyushmalarini qurol-yarog‘, oziq-ovqat bilan ta’minlab, yollanma jangarilarni olib o‘tgan", — dedi Zaxarova.

"Turklar nima uchun suriyalik qurdlarga Azazni berib qo‘ymasligini bot-bot takrorlashayotgani mana endi tushunarli bo‘lmoqda. Qolaversa, Turkiya hozirda Suriyadan o‘zi tomonidan ozod qilingan Minex aerodromini ham tortib olmoqchi”, — ta’kidladi Zaxarova.

"Mana shu ishlardan keyin Turkiya rahbariyatining mamlakatlar suvereniteti va hududiy birligini hurmat qilish haqidagi  ma’ruzalari bir oz g‘alati eshitiladi quloqqa. O‘z harbiylarini Iroq hududida Bag‘dod ruxsatisiz kiritgan Anqara, endilikda Suriyaning u yoki bu chekkasida kim turish-turmasligini ham belgilashga o‘tdi”, — qo‘shimcha qildi Zaxarova.

Yangiliklar lentasi
0