Olimpiada litsenziyasi olgan sportchilarga 50 mln so‘m mukofot beriladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRio-de-Janeyro meri Eduardu Paesh Olimpiada bayrog‘i bilan
Rio-de-Janeyro meri Eduardu Paesh Olimpiada bayrog‘i bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Braziliyadagi yozgi olimpiada o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilar 50-60 mln so‘mdan mukofot oladi. Oltin, kumush va bronza medallar uchun esa alohida mukofotlar beriladi. O‘zbekiston Rio-de-Janeyrodagi olimpiadaga yuzga yaqin litsenziya olishni rejalashtirgan.

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi marta Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning murabbiylari uchun mukofot tadbiq etildi, deb xabar berdi Respublika Olimpiada qo‘mitasi vakili Sputnik muxbiriga.

Vakilning so‘zlariga qaraganda sportchilar va trenerlar uchun mo‘ljallangan mukofot qiymati 50-60 mln so‘m atrofida. Olimpiadada yutib olingan sovrinlar uchun esa alohida mukofotlar beriladi. 

“Biz sportchilar va ularning murabbiylari uchun, Braziliya olimpiadasi oldidan, birinchi marta bunday qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil kiritdik. Shunday yo‘l bilan biz o‘z atletikachilarimizni nafaqat ma’naviy balkim moddiy yo‘l bilan ham qo‘llab quvvatlamoqchimiz”, — dedi Milliy Olimpiada qo‘mitasi vakili.

Olimpiadada oltin, kumush va bronza medallar olgan sportchilar uchun beriladigan mukofotlar ham saqlanib qolgan. Ularning aniq miqdori, odatdagidek, olimpiadadan bir oy oldin, prezident qarori bilan belgilanadi. Odatga ko‘ra, Olimpiada qo‘mitasi ham g‘oliblar uchun alohoda mukofot belgilaydi.

O‘zbekiston Rioda bo‘lib o‘tadigan olimpadaga katta umid bog‘lagan. Londonda bo‘lib o‘tgan olimpiada va paralimpiadaga qaraganda O‘zbekiston delegatsiyasida sportchilar soni to‘rt baravar oshishi kerak. Bo‘lajak olimpiada uchun O‘zbekiston jamoasi yuzga yaqin litsenziya qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. Qo‘mita bu borada suzuvchilar, dzudochilar, gimnastikachilar va futbol jamoasiga katta umid bog‘lamoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston sportchilari ixtiyorida 30ta litsenziya bor.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov: O‘zbekistonda sport sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan faxrlanish mumkin!

2016 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari 5 – 21-avgustda, Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar Braziliyaning Belu-Orizonti, Brazilia, Salvadore va San-Paulu shaharlarida ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bu Janubiy Amerikada bo‘lib o‘tadigan birinchi olimpiada o‘yinlaridir. Lotin Amerikasida 1968-yilda Mexikoda Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tgandi. Ushbu olimpiadada 306 to‘plam medallar  taqdim etiladi, 206 mamlakatlardan sportchilar qatnashadi.

Yangiliklar lentasi
0