Damashqda terrorchilarning sheriklari ushlandi

© REUTERSXomsdagi teraktda 46 kishi qurbon bo‘ldi
Xomsdagi teraktda 46 kishi qurbon bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Suriyaning Xoms va Damashq shaharlarida bo‘lib o‘tgan teraktlarda 126 kishi qurbon bo‘ldi, yuzlab fuqarolar yaralandi. Ushbu teraktlar uchun javobgarlikni “Islom davlati” o‘z bo‘yniga oldi.

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Kecha Suriyaning Damashq va Xoms shaharlarida terakt uyushtirgan “Islom davlati” jangarilari sheriklari (koordinatorlari) qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti, Livanning “Al-Mayadin” telekanali xabariga asosan.

Damashqning Saida Zaynab dahasida, terrorchilar harakatini yo‘naltirib turgan ikki kishi qo‘lga olindi, deb xabar berdi Suriya politsiya vakili.

“Ikki terrorchi qo‘lga olindi, ular xudkush emas, ular bugun bo‘lib o‘tgan terakt koordinatorlari”, — dedi politsiya vakili.

Politsiya xabariga ko‘ra, Yakshanba kuni Damashqning Saida Zaynab dahasida uch xudkush terrorchi va bir minalashtirilgan avtomobil portlashi oqibatida, 80 kishi qurbon bo‘ldi 200 dan ortiq odam jarohatlandi.

Xomsning az-Zaxra dahasida, ikki xudkush terrorchi minalashtirilgan avtomobillarni portlatib yuborishi natijasida 46 kishi qurbon bo‘ldi, 115 kishi yaralandi.

BMT Xavfsizlik Kengashi - Sputnik O‘zbekiston
BMT Xavfsizlik Kengashi Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyani qabul qilmadi

Rossiya Davlat Dumasida Suriyada bo‘lib o‘tgan teraktlarni Tinchlik muzokaralarini buzishga qaratilgan fitna, deyishdi va BMTning Xavfsizlik Xizmati bunga albatta tegishli baho berishi kerakligini ta’kidlashdi. 

“Ushbu terrorchilik aktlari tinchlik muzokaralarini buzishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fitna. Teraktlarda vaziyatni destabilizatsiya qilishni istagan, Turkiya bilan hamtovoq, kuchlar aralash bo‘lishi mumkin”, — dedi deputat Ayeksandr Romanovich.

Eslatib o‘tamiz, juma kuni BMTning Xavsizlik Kengashi Rossiya tomonidan taklif qilingan Suriyada tinchlik o‘rnatish rezolyutsiyasini qabul qilmagan edi. Rezolyutsiyani qabul qilishga AQSh, Buyuk Britaniya va yana to‘rt mamlakat qarshi chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0