TOShKENT, 20 fev — Sputnik. BMT Xavfsizlik Kengashi Suriya suverenitetini saqlash haqidagi rezolyutsiyani qabul qilmadi. Rossiya taklif qilgan rezolyutsiyaga BMT doimiy a’zolaridan oltitasi qarsh chiqdi, ulardan uchtasi “veto” huquqiga ega, deb Xabar bermoqda RIA Novosti.
“Men ushbu holat Suriya tinchlik muzokaralarini murakkablashtirib, vaziyatni butkul boshi berk ko‘chaga olib kirishidan xavotirdaman”, — dedi jurnalistlarga Federatsiya Kengashi Mudofaa va Xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Frans Klinsevich.
Senatorning so‘zlariga qaraganda AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya ushbu rezolyutsiyani qo‘llab quvvatlamagani — bu ularning NATO chizig‘idan bir qadam ham chetga chiqishni xoxlamaganini va Kengash a’zolarining sovuq urush davridagidek, “o‘zimizniki va begona” degan tamoyilda qaror qabul qilayotganidan darak beradi.
“Rezolyutsiyaga qarshi chiqqanlar hech qanday asosli dalillar keltirishmadi. AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya yana bir marta o‘zlarining atlantik blokka sodiqligini namoyish qilishdi. Bu bilan ular Turkiyaning tajovuzkorona harakatlarini qo‘llab-quvatlashdi”, — dedi senator.