TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Poraxo‘rlik darajasi pasayishi uchun mas’uliyat region rahbarlari zimmasiga yuklatiladi, noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulk va moddiy boyliklar, tortib olinishi zarur, ta’kidladi Rossiya prezidenti poraxo‘rlikka qarshi kurash yig‘ini majlisida.
"Yana bir bor ta’kidlayman: hududlarda poraxo‘rlik darajasi pasayishi uchun federatsiya subyektlari rahbarlari javobgar. Noqonuniy yo‘l bilan yoki shubhali daromad evaziga xarid qilingan mol-mulklar tortib olib, davlat foydasiga musodara qilishimiz kerak. Poraxo‘rlikka qarshi kurash mexanizmini ishga tushirib, uni tobora takomillashtirishimiz lozim”, — dedi Vladimir Putin.