O‘zbek dizaynerlari mahalliy bozorlardan Turkiya va Xitoy liboslarini siqib chiqarmoqchi

© JustO‘zbek dizaynerlari yaratgan Just markasidagi liboslar.
O‘zbek dizaynerlari yaratgan Just markasidagi liboslar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Buyuk Ipak Yo‘li” feshn-shou tashkilotchilari - o‘zbek modasi, bu nafaqat, milliy matolardan tikilgan liboslar, balki, shu yil bahorda dunyo miqyosida urf bo‘ladigan, modaning eng so‘nggi chaqirig‘i talablariga javob beradigan kiyimlar ekanini isbotlashga kirishdilar.

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. 27-28 fevral kunlari Toshkent shahrida “Buyuk Ipak Yo‘li” feshn-shousi o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda o‘zbek dizaynerlari 2016-yil bahor-yoz mavsumi uchun yaratgan liboslar kolleksiyalarini namoyish etadilar. Mahalliy brendlar, bu yil, keng omma uchun mo‘ljallangan liboslarga alohida urg‘u berishgani ta’kidlanmoqda.

Interyer bezagi uchun yaratilgan o‘zbek qo‘g‘irchog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek qo‘g‘irchoqlari: Xillari uchun sovg‘a yoxud interyer bezagi

Tashkilotchilarning aytishicha, o‘zbek dizaynerlari shu kechayu-kunduzda mass-marketga ishlashga tayyorliklarini bildirishmoqda. Va, hozirdanoq, poytaxt bozorlaridan Xitoy va Turkiyadan keltiriladigan “ommabop” liboslarni “siqib chiqarish” uchun ishga kirishganlar.
Feshn-shouda hayotdagi turli vaziyatlar uchun mo‘ljallangan 500 dan ortiq ko‘rinishdagi modellar namoyish etilishi rejalashtirilgan.

"Biz O‘zbekistonda yuqori moda mavjudligini, dizaynerlarimiz keng omma uchun ham liboslar yaratishlarini namoyish qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. O‘tkaziladigan shou — o‘ziga xos tajriba, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaxshigina reklama ham. Shuni tan olish joizki, bugungi kunda dizaynerlarimiz yaratayotgan liboslar Xitoy va Turkiya liboslaridan qolishmaydi. Narx jihatdan esa, ancha cho‘ntakbopligi xaridorlarni xursand qiladi, degan umiddamiz", — dedi suhbatdosh.

Rejalashtirilgan liboslar ko‘rgazmasida Family hope, Just, Selfy, Terra Pro, Be trendy singari mahalliy brendlar ishtirok etadi.  Bundan tashqari, Irina Sova, Zuhra, Nadinur, Kamola, Kamali, Camomille, Ali, RaStyle singari, Modelyerlar uyushmasi a’zosi bo‘lgan yosh dizaynerlar ham ilk marotaba o‘z liboslarini namoyish etishadi.
Ko‘pchilik xaridorlar, “o‘zbek brendlari tomonidan yaratiladigan liboslar sifatsiz, ular maxsus tekshiruvidan o‘tmagan” deb o‘ylashadi. Ammo, ishoning, bularning barchasi, asossiz mish-mish. Just yoki Be Trendy brendi ostida yaratilgan libosni xarid qilganlar, albatta, yana bu markaga murojaat qiladilar", — deb izoh berdi suhbatdosh.

Asosiysi, “Buyuk Ipak Yo‘li” feshn-shou tashkilotchilari o‘z oldilariga buyuk maqsadni qo‘yganlar: ular o‘zbek modasi, bu nafaqat, milliy matolardan tikilgan liboslar, balki, dunyo miqyosida urf bo‘ladigan, modaning eng so‘nggi chaqirig‘i talablariga javob beradigan kiyimlar ekanini isbotlamoqchilar va bu borada ularga ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yangiliklar lentasi
0