TOShKENT, 19 fev — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi jangarilari Yevropada yirik teraktlarni amalga oshirishlari mumkin, deb ta’kidladi Yevropol rahbari Rob Ueynrayt.
“ID” va u singari boshqa diniy terrorchilik uyushmalari, Yevropaga hujum uyushtirishi kutilmoqda. Jangarilar tinch aholini nishonga aylantirishni maqsad qilib olgan”, — dedi Ueynrayt Shveysariyaning Neue Zuercher Zeitung nashriga bergan intervyusida, RIA Novosti xabari asosida.
Nashrga bergan intervyusida, Yevropa politsiyasi rahbari, Yevropa, so‘nggi o‘n yil ichida eng yirik terrorchilik xavfiga duchor bo‘lganini ta’kidlab, portlashlar, nafaqat terrorchilar uyushmalari, balki yakka-terrorchilar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkinligini aytdi.