Rossiyalik siyosatshunos Erdo‘g‘onni Gitlerga tenglashtirdi

© REUTERS/Umit BektasTurkiyadagi terakt.
Turkiyadagi terakt. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Yaqin Sharq Instituti” ilmiy markazi prezidenti Anqaradagi so‘nggi teraktlarni ig‘vogarlik, deb atadi va Erdo‘g‘onni Gitlerga tenglashtirdi. “Gitler ham 1933-yilda Reyxstagni yoqib yuborib, bu ishda kommunistlarni ayblagan edi”, izoh berdi u o‘zining “o‘xshatishiga”.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik, Mariya Sheludakova. Turkiyadagi so‘nggi teraktlar Anqara tomonidan tashkillashtirilgan fitna, xolos. Turkiya rasmiylari Suriyada urush boshlash uchun bu portlashni atay uyushtirdi, deb ta’kidladi “Yaqin Sharq Instituti” ilmiy markazi prezidenti Yevgeniy Satanovskiy Sputnikka.

OAV: Turkiyada navbatdagi - ikkinchi portlash ro‘y berdi

Payshanba kuni Turkiya janubi-sharqida hisob bo‘yicha ikkinchi terakt sodir etildi. Turkiya Bosh vaziri Ahmad Dovuto‘g‘li portlashlarda Suriya qurdlari “Demokratik ittifoqi” partiyasiga aloqador mudofaa kuchlarini aybladi.
O‘z navbatida Suriya qurdlari yetakchisi, Anqarada sodir etilgan teraktlarda partiyaning qo‘li yo‘qligini aytib, bu portlashlar “Islom davlati” jangarilari tomonidan sodir etilganini ma’lum qildi.
Ekspert fikricha, Anqara Vashington va BMT Xavfsizlik kengashi “oq fotihasi”siz Suriyada biror harakatni amalga oshirishga botina olmayapti. Turkiya G‘arbda ittifoqdosh sifatida tan olingani bilan, AQSh allaqachon Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qilgan. BMT Xavfsizlik kengashida ham Turkiya o‘ziga maslakdosh topa olmasligi aniq, chunki Xitoy Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlar kiritilishiga hech qachon rozilik bermasligi muqarrar.

Ekspert Turkiya prezidentini 1933-yilda Reyxstagni yoqib yuborib, bu ishda kommunistlarni ayblagan Gitlerga qiyosladi.

"O‘z vaqtida Turkiya maxsus xizmati boshlig‘i – Fidan, ishonchli yigitlarni Suriya hududiga yuborishi, shovvozlar u yoqdan raketa yordamida Turkiyaga zarba berishi, shundan so‘ng turk harbiylari bemalol Suriyaga bostirib kirishlari haqida va’da bergan edi Erdo‘g‘onga. Turkiya rasmiylarining ushbu til biriktiruvi haqida hujjatlarni ommaga e’lon qilgan jurnalistlarning barchasini Toyib Erdo‘g‘on qamoqqa tiqdi. Jurnalistlarku, qamalib ketdi, lekin hujjatlarni yo‘qotishning iloji bo‘lmadi. Shu bois bugungi kundagi teraktlarga — Suriyaga zarba berish maqsadida tashkillashtirilgan fitna, deb baho berish mumkin", — xotima qildi Satanovskiy.

Yangiliklar lentasi
0