TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Turkiyaning Suriya hududiga bostirib kirish uchun ko‘rayotgan hozirligini Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qonunga xilof, deb baholaydi, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, RIA Novosti xabari asosida.
"Biz Suriya hududiga – suveren davlat hududi sifatida qaraymiz. Aksariyat davlatlar esa bizning bu qarashlarimizga qo‘shilmaydi va bu juda g‘alati. Suveren davlat hududiga har qanday bahonada bostirib kirish esa – qonunga xilof. Bu, menimcha, isbot talab qilmaydigan, oddiy haqiqat”, — dedi Mariya Zaxarova payshanba kuni o‘tkazilgan brifing davomida.
Saudiya Arabistoni hukumati, bundan sal oldin, terrorizmga qarshi kurash doirasida, Suriyaga o‘z harbiylarini yuborishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Faqat, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya saudiyachilarning bu fikrini ma’qullashi kerak edi, xolos…
Qirollik Mudofaa vaziri maslahatchisi Ahmad Asiriy "Al-Arabiya" telekanalida chiqish qilar ekan, bu borada asosiy kelishuvlar hal bo‘lganligini ta’kidladi. BAA va Bahrayn davlatlari Saudiya Arabistoniga qo‘shilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.
Guardian nashri xabariga ko‘ra, Ar-Riyod Suriyaga o‘zining bir necha ming harbiylarini yuborishi mumkin. Saudiyachilar Suriyadagi harbiy operatsiyani Turkiya bilan hamkorlikda amalga oshirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.