Toshkentda birinchi diyetologiya markazi ochiladi

Obuna bo‘lish
Joriy yil “Sog‘lom ona va bola” yili deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, Toshkentda diyetologiya markazini tashkil etiladi. Keyinchalik ushbu markaz filiallari respublikamizning boshqa shaharlarida ham ochilishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 17 fev – RIA Novosti. 2016-yilda tashkil etiladigan Respublika diyetologiya o‘quv-ilmiy markazi tekshiruvdan o‘tish orqali, noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xastaliklarni aniqlash imkonini beradi.

O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda aholining 20,2 % ortiqcha vaznga ega. Katta yoshdagi aholining 67,2% Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan normalardan kamroq meva va sabzavotlar iste’mol qilishlari ma’lum.

Ammo mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar samarasida so‘nggi o‘n yilda vazni tibbiyotda ko‘zda tutilgan meyordan kam bo‘lgan bolalar ikki barobardan ziyod kamaygan, ularning bo‘yi o‘rtacha 3 santimetrga o‘sgan. Xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5 marta pasaygan. Aholining o‘rtacha umr ko‘rish ko‘rsatkichi oshib bormoqda.

O‘zbekistonda bu borada erishilayotgan muhim natijalar xalqaro miqyosda tan olinmoqda. 2015-yilda mamlakatimiz BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 davlatdan biri sifatida e’tirof etilgani buning tasdig‘idir.

Yangiliklar lentasi
0