O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida

Obuna bo‘lish
Toshkent – non shahri degani rost. AQSh analitika markazi o‘tkazgan izlanishga ko‘ra, O‘zbekistonda, aholi ehtiyojidan 13 baravar ziyod oziq-ovqat yetishtirilar ekan.

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. AQShning The Economist Intelligence Unit izlanishlar markazi o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda oziq-ovqat “xavfsizligi” reytingida dunyoda 64 o‘rinni egalladi. Bir yil oldin O‘zbekiston 75 o‘rinda edi.

Reyting hisoblashda mutaxassislar mamlakatdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, hajmi va sifatini hisobga olishdi. Umumiy dunyo reytingida 109 mamlakat qatnashdi.

Ushbu reytingda O‘zbekiston 64 o‘rinni egalladi. O‘rinlar mamlakatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat narxi, hajmi va sifatiga qarab belgilanadi. Keling ular bilan batafsil tanishib chiqaylik.

Oziq-ovqat narxi bo‘yicha O‘zbekiston 57 o‘rinda. Demak 109 dunyo mamlaktalari bilan solishtirganda, O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi — o‘rtacha, arzon ham emas, qimmat ham emas. 

Oziq-ovqat hajmi bo‘yicha O‘zbekiston 65 o‘rinda. Izlanuvchilar fikriga ko‘ra O‘zbekistonda, aholi soniga kuniga 39 000 kaloriya oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilar ekan. Vaholanki, olimlar fikriga ko‘ra 18-40 yoshli erakak kishi uchun kuniga 3000 kaloriya iste’mol qilish yetarli. Demak, O‘zbekiston o‘z aholisidan 13 baravar ko‘p aholini boqishi yoki katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishi mumkin.  

Uchinchidan,  oziq-ovqat mahsulotlari sifati. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston — 83 o‘rinda. Shu o‘rinda, bizda nega bunday, axir O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari juda yuqori sifatli ekanini biz yaxshi bilamiz-ku, degan savol tug‘ildi. Afsuski, amerikaliklar ushbu ko‘rsatkichni mahsulotlarning haqiqiy sifatiga qarab emas, balkim kraxmalsiz mahsulotlar soni, parhez taomlar xilma-xilligi, o‘g‘itlar ishlatilishi ustidan nazorat va milliy oziq-ovqat strategiyasi kabi, ikkilamchi ko‘rsatkichlar yordamida hisoblagan.

Ushbu reytingda MDning boshqa davlatlari ham kiritilgan, Qozog‘iston (56 o‘rin), Tojikiston (88 o‘rin) va Rossiya (43 o‘rin).

Birinchi o‘rinda esa AQSh, Singapur, Irlandiya, Avstriya va ho kazolar.

 

Yangiliklar lentasi
0