Rossiya Ukrainani uch milliard qarzi tufayli sudga berdi

© Pavel KazachkoMoskva. Kreml.
Moskva. Kreml. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina “o‘z xohishi” bilan muzokaralar olib borishga tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qildi Rossiya Moliya vaziri. Uning so‘zlariga qaraganda, Kiyev bo‘ynidagi qarz bo‘yicha Rossiya tomonidan qilingan bir qancha harakatlar o‘z samarasini bermagach, sudga murojaat etish qarori qabul qilingan.

TOShKENT, 18 fev — Sputnik.  Ukrainaning Rossiya oldidagi 3 milliard AQSh dollari miqdoridagi qarzini undirib berishlarini so‘rab, sudga murojaat etildi. Bu qarz — suveren qarz, deb ta’kidladi jurnalistlarga Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida, Turkiyada - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya G20 sammitida Ukraina qarzi bo‘yicha kutilmagan taklif qildi

"Bugun Rossiya Moliya vazirligi Ukrainadan xarid qilgan 3 milliard dollar miqdoridagi suveren obligatsiyalar bo‘yicha qarzini undirib berishlarini so‘rab London Oliy sudiga murojaat qildi. Rossiyaning sud xarajatlari ham Ukraina zimmasiga yuklatildi”, — dedi Siluanov.

Yangiliklar lentasi
0