Rossiya G20 sammitida Ukraina qarzi bo‘yicha kutilmagan taklif qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida, Turkiyada
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida, Turkiyada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning G20 sammitiga tashrifining asosiy natijasi bu – AQSh yoki YeI kafolati evaziga, Ukraina davlat qarzini qaytarish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘ldi.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Antaliyada bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida Rossiyaning Ukraina davlat qarzini qaytarish shartlarini qayta ko‘rib chiqish taklifi kutilmagan hol bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA novosti.

Kutilmagan taklif

G20 sammitidan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida, Putin Ukrainaning 3 milliardlik dollar miqdoridagi davlat qarzini qaytarish shartlarini qayta ko‘rib chiqishga tayor ekanligini ma’lum qildi. Vaholanki, biroz oldin barcha OAVlarda bunday imkoniyat inkor qilingan edi va Ukraina uchun defolt muqarrar deb bashorat qilinayotgan edi.

Rossiya taklifi shundan iborat: 3 milliard dollar davlat qarzini Ukraina 2015-yilda birdaniga qaytarish o‘rniga 2016, 2017 va 2018-yillarda bir milliarddan  qaytarib beradi, faqat bunga AQSh, YeI yoki yetuk xalqaro moliya tashkilotlaridan birining kafolati kerak.

“Ukrainani qiyin ahvolga solib qo‘ymaslik uchun, mening fikrimcha, hamkorlarimizga kutilmagan taklif qildik. Xalqaro Valyuta fondi bizdan Ukraina qarzni bir yilga kechiktirishni so‘ragan edi, biz bo‘lsak ularga undanam yaxshiroq shartlar taklif qildik”, — dedi Putin.

Putinning so‘zlariga qaraganda, Rossiya ushbu kredit qaytarish shartlarini o‘zgaritishi uchun AQSh, YeI yoki  xalqaro moliya tashkilotlaridan birining kafolati kerak. “Biz ushbu masala dekabr boshigacha hal bo‘lishiga umid qilamiz” dedi Rossiya rahbari.     

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya Ukraina qarzini XVF Kristin Lagard bilan muhokama qildi. Lagard ushbu taklifni “qiziqish bilan kutib oldi”.

“Biz g‘arblik hamkorlarimiz bilan o‘z taklifimizni muhokama qilamiz. Ular bizni Ukrainaning moliyaviy ahvoli yaqin orada yaxshilanishiga ishontirmoqchi bo‘layaptilar, agar bu haqiqatdan shunday bo‘lsa,  agar ularning o‘zi ham bunga ishonsalar, bizga kafolat berishsin”, — dedi Putin.

“Agar kafolat berishga rozi bo‘lmasalar, demak ular Ukraina iqtisodi kelajagiga ishonmaydilar. Menimcha, bu ularning o‘zlari uchun ham yomon, negaki ular bizni aslida yo‘q narsaga ishontirmoqchi bo‘lishgan. Albatta, bunday holat bizning Ukrainalik hamkorlarimiz uchun ham yomon. Biz aslida, qarz shartlarini qayta ko‘rib chiqish, iloji bor narsa deb o‘ylaymiz va hamkorlarimiz bilan moliyaviy xavflarni baham ko‘rishga rozimiz”, — dedi Rossiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0