OAV: Anqaradagi teraktda Suriyalik shohid-terrorchi gumon qilinmoqda

© REUTERS / Ihlas News AgencyAnqara markazidagi portlash.
Anqara markazidagi portlash. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anqaraga Suriyadan qochoq qiyofasida kirib kelgan Solih Nejar ismli shohid-terrorchi kuni kecha ro‘y bergan, 28 kishini hayotdan olib ketgan, teraktda gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Yeni Safak nashri xabariga ko‘ra, Turkiyaga Suriyadan qochoq qiyofasida kirib kelgan Solih Nejar ismli shohid-terrorchi Anqarada sodir etilgan teraktda gumon qilinmoqda.

Anqarada terakt sodir bo‘lgan joy - Sputnik O‘zbekiston
Anqaradagi teraktda 28 kishi qurbon bo‘ldi, 60 kishi jarohatlandi

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni kechasi sodir etilgan portlashda 28 kishi halok bo‘lgan, 61 kishi tan jarohati olgan.
Minalashtirilgan avtomobil portlashi Turkiya poytaxtining markaziy va gavjum ko‘chalarining biridagi chorrahada ro‘y bergan. Manba tarqatgan xabarlarga ko‘ra, terrorchi undan qochoq sifatida olingan qo‘l izlari asosida aniqlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0