TOShKENT, 18 fev — Sputnik, Fedor Smirnov. Turkiya poytaxtida chorshanba kuni sodir bo‘lgan portlashda 28 kishi qurbon bo‘ldi 60 dan ziyod odam jarohatlandi.
Parlament va harbiylar yotoqxonasi yaqinida, gavjum chorrahada sodir bo‘lgan portlash harbiylarga qarshi qaratilgan bo‘lsada, unda tinch aholi ham qurbon bo‘ldi. Turkiya Bosh shtabi xabariga ko‘ra, portlash soat 19:31 da, harbiy kolonna svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtagan vaqtda sodir bo‘lgan, RIA Novostiga asosan.
Oxirgi oylar davomida bu Turkiyada sodir etilggan to‘rtinchi yirik teraktdir. Birinchi terakt Turkiya Suriya chegarasida Suruchda sodir etilgandi. Undan keyin o‘tgan yilning oktabrida Anqarada, keyin yanvarda Istambulda. Ushbu teraktlarda jami 150 kishi qurbon bo‘ldi. Undan tashqari mamlakat Sharqida, Qurdiston Ishchi partisi bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda 200ga yaqin harbiylar qurbon bo‘ldi.
Terakt sababi va uni tashkil qilgan tomonlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Portlashdan keyin Toyyib Erdo‘g‘on o‘zining Ozarbayjonga 18-fevralda rejalashtirgan tashrifini bekor qildi.
Germaniya kansleri Angela Merkel va AQSh Davlat departamenti vakili Mark Toner teraktni qoraladi va Turkiyaga terrorchilikka qarshi kurashishga yordam berishga va’da berdi.
“Rossiya terrorchilik aktlarini hech qanday muammoning yechimi sifatida qabul qilmaydi. Ularni oqlab bo‘lmaydi. Biz Anqaram markazidagi portlashni keskin qoralaymiz va qurbon bo‘lganlar yaqinlariga o‘z ta’ziyamizni bildiramiz”, — dedi Rossiya Mudofaa va Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Frans Klinsevich.
“Ushbu terakt Yaqin Sharqdagi mojaroni yanada kuchaytirishga qaratilgani shubhasiz. Uning nishi esa Jenevadagi Suriya tinchlik muzokaralarini buzishga qaratilgani shubhasiz”, — deb qo‘shimcha qildi senator Klinsevich.