Janubiy koreya olimlari: KXDRdagi yadro sinovlari uyqudagi vulqonni uyg‘otib yuborishi mumkin

© AFP 2023KXDR ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.
KXDR ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ronxap agentligi ta’kidiga ko‘ra, Pektusan tog‘idan 116 kilometr narida o‘tkazilayotgan yadro quroli sinovi, oxirgi marta 1903-yilda otilgan vulqonni uyg‘otib yuborishi mumkin.

TOShKENT, 17 fev — Sputnik, Ivan Zaxarchenko. Shimoliy Koreya tomonidan yer qa’rida o‘tkazilayotgan yadro quroli sinovlari u bilan Xitoy chegarasida joylashgan Pektusan(“Oq boshli tog‘” ma’nosini bildiradi, tahr.) vulqoni uyg‘onishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlashmoqda Seuldagi Yons universitetining biri guruh seysmologlari.

Janubiy Koreya Prezidenti Pak Kin Xe. - Sputnik O‘zbekiston
Seul Shimoliy Koreya chegarasida 24 kilometr masofagacha “baqira oladigan” karnaylarni o‘rnatdi

Ronxap agentligi ta’kidiga ko‘ra, Pektusan tog‘idan 116 kilometr narida o‘tkazilayotgan yadro quroli sinovi, oxirgi marta 1903-yilda otilgan vulqonni uyg‘otib yuborishi mumkin.
Shimoliy Koreya shu paytgacha jami to‘rt marta: 2006, 2009, 2013-yillarda va joriy yilning 6-yanvarida yadro qurolini sinovdan o‘tkazib, sun’iy tarzda yer silkinishlarini vujudga keltirgan.
Dengiz sathidan 2750 metr balandlikda joylashgan Pektusan tog‘i tarixiy faktlarga ko‘ra, KXDR va Janubiy Koreyada muqaddas tog‘ hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0