TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Il-114 kichik yo‘lovchi samolyotini qayta ishlab chikarish narxi 56 milliard rublni tashkil qildi. Bu dastlab e’lon qilingan narxdan 30 barobar ziyod.
OAK vitse-prezidenti Vladislav Masalovning aytishiga qaraganda Il-114ni qayta ishlab chiqarish uchun 56 millard rubl kerak bo‘ladi. Oldin Rossiya prezidentining Privolsk hududidagi vakili Mixail Babich ushbu samolyotni ishlab chiqarish uchun 1,7 mlrd rubl kerak bo‘ladi degan edi.
“OAK bir oy davomida aviakompaniyalardan Il-114samolyotiga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganmoqda. Xususan, ekspluatatsiya muddati tugayotgan An-24 va An-26 samolyotlari o‘rniga Il-114ga o‘tish maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qligini bilmoqchi”, — dedi Masalov.
Rejaga ko‘ra, birinchi Il-114 samolyoti Sokol zavodida 2018-yilda ishlab chiqarilishi kerak. Masalovning so‘zlariga qaraganda, samolyotga hali mijozlar yo‘qligi tufayli kompaniya ishi eng boshlang‘ich bosqichda turibdi.
Il-114 turbovintli samolyot Ilyushin konstruktor burosi tomonidan SSSRda 1980-yillar oxirida ishlab chiqarilgan edi. Samolyotni ishlab chiqarish Toshkent Aviatsiya zavodida amalga oshirilishi kerak edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra jami 20 ta shunday samolyot ishlab chiqarilgan. Keyinroq ushbu samolyotning bir necha fuqaro va harbiy modifikatsiyalari ham yaratilgan. Hozirgi kunda ushbu xil samolyotlar faqat O‘zbekiston Havo yo‘lari kompaniyasi tomonidan ekspluatatsiya qilinmoqda.