TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin 9-noyabr kuni Il-114 samolyoti asosida, yaqin mahalliy yo‘nalishlarga mo‘ljallangan samolyot ishlab chiqarishga kirishilganini ma’lum qilgan edi. Birinchi samolyotlar Nijniy Novgorodning “Sokol” aviatsiya zavodida ishlab chiqariladi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda “Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish “Sokol” zavodiga 1,5-1,7 mlrd rubl kerak bo‘ladi. <…> Zavodni qayta jihozlash va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yordam berish imkoniyati bor”.
Rossiya prezidenti Privoljsk regiondagi vakili Mixail Babichning so‘zlariga qaraganda Nijniy Novgorod aviatsiya zavodida barcha kerakli sharoitlar bor: bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlari va ushbu ishni bajarishga qodir malakali mutaxassislar.
“Tashqi ishlar vazirligi va Birlashgan Aviatsiya korporatsiyasi tomonidan O‘zbekistonlik hamkasabalarimiz bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ulardan maqsad, Toshkent aviatsiya zavodidagi yarim tayor samolyotlarni sotib olish. Bundan maqsad 2019-yilda, birinchi samolyotlar Rossiya avialiniyalarida paydo bo‘lishi”, — dedi Babich.
"Birinchi Il-114 samolyotlari Toshkent aviatsiya zavodi planerlari asosida ishlab chiqarilishi mumkin, Toshkent aviatsiya zavodida beshta sotilmagan planerlar bor", — degandi Ilyushin aviatsiya kompleksi bosh konstruktori Nikolay Talikov.
Il-114 turbovintli samolyot Ilyushin konstruktorlik burosi tomonidan 1980-yillar oxirida ishlab chiqarilgan edi. Samolyot yaqin mahalliy masofalarga uchish uchun mo‘ljallangan. Ochiq manbaalar xabariga ko‘ra 20dan ortiq samolyot qurilgan. Keyinroq ushbu samolyotning bir necha fuqaro va harbiy aviatsiya modifikatsiyalari ishlab chiqarilgan edi.
O‘tgan yilning avgust oyida Vladimir Putin hukumat vakillari, Mudofaa vazirligi va Privolsjsk okrugidagi prezident vakiliga Il-114 samolyotining ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy istiqbollarini va maqsadga muvofiqligini baholashni topshirgan edi. Ekspertlar fikriga ko‘ra, samolyot sezilarli darajada o‘zgartirishlar kiritishni talab qiladi: xususan uning dvigateli va barcha radioelektron uskunalarini yangilash kerak bo‘ladi.