Moskva Eronga S-300 ZRKlarini tez kunda yetkizib beradi

© Sputnik / Yuriy Shipilov / Mediabankka o‘tishS-300 zenit-raketa kompleksi
S-300 zenit-raketa kompleksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV vakili Zamir Qobulov tez kunda Rossiya Eronga S-300 zenit-raketa komplekslarini yetkizib berishini xabar qildi.

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiya TIV 2 Osiyo bo‘limi boshlig‘i Zamir Qobulov Moskva Eronga S-300 zenit-raketa komplekslarini yetkizib berishini xabar qildi.

Oldinroq, Eron Mudofaa vaziri Xoseyn Dexgan Rossiyaning S-300 zenit-raketa komplekslari Eronga 2016-yilning birinchi choragida yetkizib berilishi haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2007-yilda Rossiya va Eron uch batareya S-300 zenit raketa majmualarini yetkizib berish haqida qiymati 900 mln  bo‘lgan shartnoma tuzishgan edi. 2010-yilda ushbu zamonaviy qurol yetkizib berish shartnomasi Eronning yadro quroli atrofidagi shov-shouvlar tufayli, hamda AQSh va Isroil bosimi ostida, Rossiya tomonidan vaqtincha to‘xtatilgan edi.

S-400 Zenit-raketa kompleksi va Moskva kreyseri “Xmeymim aviabazasiga olib kelindi. - Sputnik O‘zbekiston
ZRK S-400 va "Moskva" kreyseri Suriyada jangovor navbatchilikni boshlashdi

2015 yil aprelida Rossiya prezidenti Putin ushbu shartnomani ijro etish haqida alohida qarorga qo‘l qo‘yganidan keyin yetkizib berish jarayoni davom ettirildi. Eron mudofaa vaziri o‘shanda uchta batareya S-300 o‘rniga to‘rtta yangilangan S-300 batareyasi yetkizib berishga kelishilganligini xabar bergandi. Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha yordamchisi ham ushbu borada “S-300ga bir qator  o‘zgarishlar kiritildi, texnik va taktik xususiyatlari yaxshilandi” degandi.

Bir batareya S-300 kompleksi boshqaruv punkti, 3D radar va to‘rttagacha raketa tashuvchi avtomobildan tashkil topgan. Har bir raketa avtomobil olti raketa bilan jihozlangan. Raketalar turli xil bo‘lishi mumkin. Majmua o‘zining 3 koordinatalar tizimida masofa aniqlovchi radari yordamida 200-400 km hududni nazorat qilib turishi va shuncha masofagacha zarba berishi ham mumkin.

S-300 majmuasi dastlab Sovet ittifoqi davrida "Almaz" ilmiy markazda ishlab chiqarilgan, keyinchalik bir necha bor zamonaviylashtirilgan. Hozirgi kunda uning S-400 nomli yangi avlodi ham mavjud. Kompleks aeroport, harbiy inshootlar va boshqa zarur davlat obyektlarini har qanday samolyot va raketa hujumidan himoya qilishga mo‘ljallangan.  

Rossiya S-300 komplekslari hozirgi kunda Xitoy va Vyetnamga sotgan. Xitoy, sotib olingan ZRK lardan tezgina nusxa ko‘chirib o‘zining ZRKlarinini yangilab, FD-2000 majmuasini ishlab chiqardi.Uning tashqi ko‘rinisha va ishlashi S-300ga juda o‘xshash.

2015 yil 23-dekabrida Rossiya Qozog‘istonga beshtadan  o‘ntagacha S-300 ZRK batareyasini sovg‘a qilganini Rossiya Mudofaa vaziri Sergey shoygu tasdiqlagan edi. Ushbu ZRKlar Rossiya-Belorussiya-Qozog‘iston Umumiy Havo mudofaasi tizimida ishlatishga mo‘ljallangan. S-300 zenit-raketa komplekslari Belorussiya va Ukraina harbiy qo‘shinlari tizimida ham bor.

 

Yangiliklar lentasi
0