Jon Kerri: Suriya prezidenti bergan va’dasiga amal qilmasa, pushaymon yeydi

© FABRICE COFFRINI / AFPAQSh Bosh kotibi Jon Kerri.
AQSh Bosh kotibi Jon Kerri. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar Bashar Asad Jenevada o‘tgan muzokaralarda olgan ko‘rsatmalarga amal qilmaydigan bo‘lsa, AQSh mamlakat hududiga o‘z qo‘shinlarini kiritishini aytib, tahdid qilmoqda.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Agar Suriya hukumati qo‘shinlari tinchlik bitimiga amal qilmaydigan bo‘lsa, Vashington mamlakat hududiga qo‘shimcha piyoda qo‘shinlarini kiritamiz, deb tahdid qilmoqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri. Bu haqda Reyter agentligiga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Moskva Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi

"Agar Asad (Suriya prezidenti Bashar Asad — tahr.) o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarni bajarmasa, Eron va Rossiya rasmiylari uni bu ko‘rsatmalarni bajarishga majbur qila olmasa…, jahon hamjamiyati a’zolari shak-shubhasiz to‘nkaga o‘xshab, qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi", — dedi AQSh davlat kotibi.

Bundan sal oldin Saudiya Arabistoni va BAA Suriyaga o‘z qo‘shinlarini kiritish niyatida ekanligini ma’lum qilishgan edi. AQSh prezidenti Barak Obama esa Amerika bunday qilmasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 12-14 fevral kunlari Munxenda xavfsizlik bo‘yicha an’anaviy anjuman o‘tkazilmoqda. Bu yil anjuman ishtirokchilari o‘rtasida Suriyadagi urush va migratsiyaga oid inqiroz masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0