Xonanda Tamila behayo videolavha "qahramoni" o‘zi emasligini isbotlay olmay jig‘ibiyron

© Facebook, TamilaXonanda Tamila.
Xonanda Tamila. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik muxbiri “O‘zbeknavo” Birlashmasi bilan bog‘lanib, xonanda Tamilaning “mojarodan” keyingi taqdiri haqida qiziqib ko‘rdi. Suhbat davomida Tamila sharmandali video rolik voqeasidan keyin o‘z litsenziyasini qaytarib olishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova, Mariya Sheludakova. Tamila taxallusi bilan tanilgan xonanda Esmeralda Rahmatova litsenziyasi olib qo‘yilishiga sabab bo‘lgan sharmandali videoga o‘zining hech qanday aloqasi yo‘qligini isbotlashga harakat qilgan. Ya’ni, “O‘zbeknavo” birlashmasi bilan bog‘lanib, “U videodagi men emas”, degan muhim “dalil”ni keltirgach, birlashma vakillarining gaplarini hatto, tinglashga toqat qilmay, go‘shakni qo‘yib qo‘ygan. 

Xonanda Tamila. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zi bilan bog‘liq mojarolardan keyin xonanda Tamila O‘zbekistonni tark etdi

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbeknavo” xonanda Tamilani birinchi marta 2015-yilda yuzida pirsing bilan tushgan surati uchun litsenziyasidan mahrum qilgan, lekin noyabr oyida xonandaga imkon berib, o‘z ijodini davom ettirishga ijozat bergan edi.

Yaqinda esa noma’lum shaxslar tomonidan Telegram messendjeri orqali tarqatilgan videolavhalar tufayli “O‘zbeknavo” xonandani ikkinchi bor va, ehtimol butunlay, litsenziyadan mahrum qildi.

Gap shundaki, video lavhalarning birida  xonanda Tamila o‘zini byehayolarcha tutgan bo‘lsa, ikkinchisida tunda ko‘chada yalang‘och holda paydo bo‘lgan. 

Shundan so‘ng Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali Tamila ijodini kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati xonandaga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda ayblashgan.

“Biz xonanda Tamilani litsenziyasidan mahrum qildik, hozir ushbu sharmandali hodisa borasida aniqlashtirish ishlari olib borapmiz”, — deb izoh bergan edi ushbu voqeaga “O‘zbeknavo” vakili.

Tamilaning produseri Najot Agzamov ham ushbu voqeadan “Chuqur shok holatida ekani” va uning “shaxsan o‘zi” ushbu video haqida “O‘zbeknavo”ga xabar bergani haqida esa podrobno.uz saytida ma’lumot berilgan edi. Agzamov bundan buyog‘iga Tamila bilan hamkorlik qilmasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Hozirda internet tarmoqlarida xonanda Tamilaning “hech qayerga qochib ketganim yo‘q, men O‘zbekistondaman” degan ta’kidlari tarqalmoqda. “O‘zbeknavo” birlashmasi vakillari xonandaning qayerdaligidan bexabar ekanligini aytgan holda, bunday sharmandagarchilikk yo‘l qo‘yadigan, san’atkor nomiga dog‘ tushiradigan “qo‘shiqchi”larga litsenziya qaytarilmasligini ma’lum qildi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, “O‘zbeknavo” oxirgi paytlarda o‘zbek estrada xonandalari ijodi, xulq-atvori va liboslariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. O‘tgan yilning iyul oyida yoppasiga besh nafar xonanda, o‘zbek urf-odatlariga mos kelmaydigan liboslarda chiqish qilgani hamda ijtimoiy aksiyalarda qatnashmagani va boshqa sabablar bois  litsenziyadan mahrum qilingan edi.

Xonanda Tamila. - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonlik shoumen: “Tamilaning xurmacha qiliqlari qozoq shou-biznesiga o‘tmaydi”

O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “o‘zbek urf-odatlariga, milliy qadriyatlariga zid bo‘lgan,  yoshlarning ruhiy va axloqiy  tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan” qo‘shiq va kliplarni  efirga uzatmaslik haqida alohida topshiriq olgan.

Ushbu choralar, oxirgi 25-yil davomida jiddiy nazorat ostida bo‘lmagan, estrada sohasini tartibga solishga, tele va radio efirdan taralayotgan kuy va ashulalarning ruhiy va ma’naviy darajasini oshirishga qaratilgan. 

 “O‘zbeknavo” vakilidan olingan intervyu asosida tayyorlandi.

Yangiliklar lentasi
0