Toshkent, 2 fev — Sputnik. Xonanda Tamila Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasini o‘chirdi va Qozog‘istonga ko‘chib o‘tdi, deya xabar beradi kun.uz sayti.
"Messenjerlarda xonanda Tamilaning behayo videosi tarqalishi o‘tgan haftaning eng shov-shuvli voqealaridan biri bo‘ldi. Shundan so‘ng Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali Tamilani kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati xonandaga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda ayblashdi", deyiladi xabarda.
Nashrning yozishicha, xonanda Instagram’dagi Tamilaofficial nomi bilan ro‘yxatga olingan shaxsiy sahifasidagi barcha suratlarini o‘chirib yuborgan va sahifa nomini Kassauz deb o‘zgartirib qo‘ygan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tamila ayni damda Toshkentdan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan.