O‘zbekistonga eski pasport bilan ham muammosiz qaytish mumkin

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik pasporti amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa pasport egasi tomonidan faqat O‘zbekiston Respublikasiga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin.

TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Sal oldin biometrik pasportga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari chet eldan chiqib ketishda ma’lum muammolarga duch kelishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik. Ammo ushbu qarorga o‘zgartirish kiritilgani ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik pasporti to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining nobiometrik pasporti amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa pasport egasi tomonidan faqat O‘zbekiston Respublikasiga qaytish hujjati sifatida ishlatilishi mumkin.

O‘zbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyadan faqat biometrik pasport bilan chiqib ketishi mumkin

Ushu pasport O‘zbekistonga qaytayotganda uchinchi davlat hududidan tranzit o‘tishga ham ishlatilishi mumkin. Mazkur ma’lumot xorijiy davlatlarga yetkazildi. Ushbu tartib xorijiy mamlakatlarning tegishli idoralari tomonidan o‘zlarining joylardagi bo‘limlariga yetkazilganidan so‘ng 2018-yilning 1-iyuliga qadar amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasidan xorijga chiqishlari uchun biometrik pasport talab qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0